
Klopp “Liverpul”dan ketishga tayyor
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp vaqti kelib, bu klubdagi faoliyatini yakunlashga tayyor ekanini bildirdi.
- Mening “Liverpul” bilan kelishuvim 2026 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. Shartnomamni oxiriga etkazib qo‘yib, keyin dam olmoqchiman. Bu mening “Liverpul” murabbiy sifatida tariximning yakuni bo‘lishi mumkin.
Biroq, oldinda nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Bir yildan keyin o‘zimni qanday his qilishimni bilib bo‘lmaydi.
Men sayohat qilishni istayman. Futbolni istalgan joyda tomosha qilish mumkin. O‘zimni doim ish bilan bog‘lab qo‘ymoqchi emasman, - dedi Yurgen Klopp.
Fikrlar